Xalqaro maqom san'ati anjumani
6-10 sentyabr
Shaxrisabz, O'zbekiston
Batafsil

Anjuman haqida

Ishtirok etish tartibi:

Shahrisabz 6-10 sentyabr, 2018

Anjumanning asosiy maqsad va vazifalari

Anjuman O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atmizga bo‘lgan hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli halqlar o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini halqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilgan..

Anjuman 2018 yildan xar ikki yilda bir marta Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, O‘zbekiston Respulikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi.

Anjuman tadbirlari

  • “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
  • Maqom ansambllari, xonanda va sozandalarning ko‘rik-tanlovi;
  • Shahrisabz shahridagi bog‘, teatr va boshqa konsert sahnalarida chiqishlar;

Xalqaro maqom san’ati anjumaniga musiqiy jamoalar (7 kishidan oshmagan tarkibda), yakkaxon xonanda va sozandalar, musiqashunos olimlar, matbuot xodimlari, Festival direktorlari, musiqa menejerlari taklif etiladilar.

Shuningdek maqom san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va fahriy mehmonlar Tashkilotchilar taklifi asosida ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2018-yil 1-iyulga qadar Tashkiliy qo‘mita veb sahifasidagi – www.maqomforum.uz – maxsus so‘rovnoma orqali o‘z materiallari va ijro dasturlarini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishlari lozim.

Tashkiliy qo‘mita Anjumanga taklif etiladigan ishtirokchilar ro‘yhatini 20-iyulga qadar e’lon qiladi.

Anjuman ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishlari, O‘zbekistondagi transport, ovqatlanish, yashash kabi xarajatlarni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga oladi.

Xalqaro xay’at faoliyatini tashkil etish

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan iborat halqaro hay’at tuziladi.

Baholash jarayonida:

maqom namunalarining asl milliy hususiyatlari;

badiiy va estetik ma’no mazmuni;

ijrochilarning ijro mahorati, milliy kiyinish va sahna madaniyati asosiy mezon hisoblanadi.

Anjuman mukofotlari

Anjuman doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari ta’sis etilgan:

“Gran-Pri”- 15 000 AQSH dollari;

1-o‘rin – 2ta, har biri – 10 000 AQSH dollardan;

2-o‘rin – 2ta, har biri – 7 000 AQSH dollardan;

3-o‘rin – 2ta, har biri – 5 000 AQSH dollardan;

Shuningdek Anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Professional maqom xonandasi”, “Professional maqom sozandasi”, “Professional maqom ustozi”, “Professional maqom targ‘ibotchisi”, “Professional yosh maqomchi”, “Professional maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchi huquqlari

Anjuman qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilish uchun ruhsatnoma berish;

Anjumanni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;

e-mail: info@maqomforum.uz